O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boyovutda ko‘p tarmoqli sanoat majmuasi

2018-07-24 | Jamiyat

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ko‘p tarmoqli sanoat majmuasi – “NCG ENGINEERING Boyovut” kompaniyasi poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘yildi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, faol investitsiya siyosati yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. 

Prezidentimizning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasiga tashrifi chog‘ida o‘zaro hamkorlik masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliya-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilingan edi. Tashrif doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumi koreyalik ishbilarmonlarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Janubiy Koreyaning “KOR NCG ENGINEYERING SO., Ltd.” kompaniyasi Boyovut tumanida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish orqali keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat zonasi tashkil qilish va ishchi-xodimlar uchun aholi turar joy punkti barpo etishni maqsad qilgan. 

– Ushbu loyiha 2018-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, – deydi Boyovut tuman hokimi O.Ashurmatov. – Tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli sanoat majmuasida qiymati 300 million AQSH dollari miqdoridagi sarmoya evaziga 100 dan ziyod ishlab chiqarish korxonasi ishga tushiriladi. Bu esa 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini beradi. 

Ko‘p tarmoqli sanoat majmuasi poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘yish tadbirida milliy an’anamizga ko‘ra, doshqozonda osh damlanib, dasturxon yozildi. San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 
 

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat) O‘zA

Поделиться