O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoylik investorlar Jizzaxda

2018-07-24 | Jamiyat

Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasi ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya investitsiyaviy sharoitlar bilan tanishish, hamkorlik shartnomalari tuzish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. 

Bundan avvalroq Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari U.Egamov xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Xenan provinsiyasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar bilan hamkorlik muzokaralari o‘tkazib qaytgan edi. Xitoylik tadbirkorlarning javob tashrifida Jizzax viloyati va Xenan provinsiyasi kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom ettirildi. 

Mehmonlar viloyat hokimligida yurtimizda xorijiy investorlar uchunyaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar bilan tanishtirildi. O‘zbekiston – Xitoy savdo uyi va viloyat hokimligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mehmonlar “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Hududda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, qulay investitsiya muhiti xitoylik tadbirkorlarga manzur bo‘ldi. Bu yerda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha Xitoy kompaniyalari vakillari va mahalliy tadbirkorlar muzokaralar o‘tkazishdi. 

Viloyat markazidagi “Grand-Hotel” mehmonxonasida xitoylik va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum tashkil etildi. Tadbir davomida Xitoyning Xenan provinsiyasi va Jizzax viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Xitoylik ishbilarmonlar tashrifi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda viloyat hokimi E.Soliyev ishtirok etdi. 
 

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat) O‘zA

Поделиться