O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat statistika qo‘mitasining 2018 1-yarim yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2018-07-23 | Jamiyat

Joriy yilning 20 iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 1-yarim yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, Davlat statistika tizimi faoliyatining amaldagi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining farmon va qarorlarida belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlari, davlat statistika ishlarini bajarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning 2018 yil 1-yarim yillikdagi ijrosi natijalariga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarorida belgilangan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalari hamda xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotlarni taqdim etish bo‘yicha 2018 yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi bo‘yicha masalalar yig‘ilish kun tartibidan o‘rin oldi.

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Поделиться