O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Adliya axboroti” brifinggi: yer uchastkalarini 50 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli ijaraga berish tartibi joriy etilmoqda

2018-07-23 | Jamiyat

Qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha vazirlik tomonidan har hafta “Adliya axboroti” nomli brifing o‘tkazib kelinmoqda. Shunga ko‘ra, ushbu hafta davomida qabul qilingan bir qator muhim qonun hujjatlari yuzasidan aholiga ma’lumot berish maqsadida 2018 yilning 20 iyul kuni navbatdagi “Adliya axboroti” brifingi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, “2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori kabi qator qonun hujjatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Brifingdan so‘ng OAV uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan muhim yangiliklarni tushuntirish uchun soha mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Anjumanda bildirilishicha, qarorga muvofiq, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga 2018 yilda 150 milliard so‘m ajratish, 2019 yildan boshlab esa byudjet parametrlarida 300 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratishni nazarda tutish belgilandi.

Shu bilan birga, OAV va keng jamoatchilikka mamlakatda investitsion muhitni yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, mazkur yo‘nalishda davlat siyosatining izchilligiga investorlarning ishonchini mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda tayyorlangan investitsion muhitni tubdan yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi haqida ham tushuntirishlar berildi.

Vazirlik axborotida aytilishicha, loyihada investor va tadbirkorlik subyektlarini davlat organining noqonuniy ma’muriy aktlaridan himoyalash mexanizmlari o‘rnatilmoqda.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda qonuniylik va aniqlikni ta’minlash maqsadida, loyihada yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq holatlari belgilanmoqda.

Turar joy va ishlab chiqarish obyektlarini buzish faqat ko‘chmas mulkning bozor qiymati va mulkdorga yetkaziladigan zararning o‘rni qoplangandan keyin amalga oshirilishi qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilgan, xususan, yer uchastkalarini 50 yilgacha uzoq muddatli ijaraga berish tartibi joriy etilmoqda.

Tadbir davomida jurnalistlar Farmon loyihasida nazarda tutilgan boshqa yangiliklar xususida ham to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, tadbirkorlar Adliya vazirligi vakillariga murojaat qilib, yangi investitsiya bo‘yicha qaror loyihasiga o‘zlarining bir qator takliflarini bildirib o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Adliya axboroti” brifinggi har juma kuni soat 15.00 da o‘tkaziladi.

Поделиться