O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDHga a’zo davlatlarning ichki ishlar vazirlari Bakuda yig’ildilar
2018-07-23 | MDH
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya 20 iyul kuni Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida o’tkazilgan MDHga a’zo davlatlarning ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etdi.
Ishchi yig’ilishda Ozarbayjon, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi, MDH Ijroiya qo’mitasi, MDHga a’zo davlatlar hududlarida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatlarning boshqa xavfli turlari bilan kurashishni muvofiqlashtirish byurosi, Interpol va Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot va muvofiqlashtirish markazi (CARICC) vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda ilgari tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq 10 ta masala muhokama qilindi.
Kengashda so’zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov yig’ilganlarga respublikada shuningdek, ichki ishlar organlari tizimlarida o’tkazilayotgan keng ko’lamli islohotlar yuzasidan axborot berdi.
Jumladan, vazir 2017 yilda O’zbekiston Respublikasi tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashi va hukumat rahbarlari kengashi tomonidan tasdiqlangan qarori, davlatlararo turli turdagi jinoyatlar bilan kurashish dasturi ijrosini bajarilishini natijalari haqida tanishtirdi.
Kun tartibidagi masalalarni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha MDH ichki ishlar vazirlar kengashining tegishli qarorlari imzolandi.
MDH Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig’ilishi 2019 yilda O’zbekiston Respublikasida bo’lib o’tadi.