O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Byudjet tashkilotlari uchun davlat xaridlari to‘lovlarni qulay va samaradorli amalga oshirishida zamonaviy elektron to‘lov tizimi joriy qilindi

2018-07-23 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni orqali davlat xaridlari elektron tizimi tashkil etildi.

Xususan, elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan auksion kabi davlat xaridlarida ishtirok etish uchun buyurtmachilar hisob-kitob-kliring palatasidagi hisobvaraqlariga avans to‘lovlarini o‘tkazishlari shartliligi belgilab qo‘yildi. Byudjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini hisobini yuritish va ta’minlanishi maqsadida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga tegishli g‘azna hisobvaraqlar ochildi. Byudjet tashkilotlarga qulaylik yaratish maqsadida Moliya vazirligi axborot tizimi (UzASBO DM) orqali mazkur shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarga to‘lovlar (g‘azna memorial orderlari asosida) to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi.

Byudjet tashkilotlari, tomonidan g‘aznachilikga qog‘oz shaklida taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Поделиться