O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi soliq kodeksini birgalikda yozamiz
2018-07-20 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida“gi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi komissiyasi faoliyatini boshladi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqishda siz hurmatli tadbirkorlar va fuqarolarimizning fikr va takliflari biz uchun juda ahamiyatli.
Har bir masalani sizlar bilan ochiq muloqotda ko‘rib chiqish uchun Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida “Soliq kodeksini birgalikda yozamiz” - maxsus veb-sahifa ochildi. Faol ishtirokingizni kutamiz.
Ma’lumot uchun, veb-sahifa orqali kelib tushadigan takliflaringizni ko‘rib chiqish, Ishchi guruhiga taklif etishimiz uchun bizga lozim topsangiz, o‘zingizni bog‘lanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlaringizni qoldirishingizni iltimos qilamiz.