Joriy yilning 25-iyulida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayevning Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida sayyor qabuli tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyulida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbariyatining 2018-yilning ikkinchi yarim yilligida Qaraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabullar o‘tkazish jadvali tasdiqlangan edi. Unga muvofiq, joriy yilning 25-iyul sanasida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida qo‘mita raisi Abdushukur Abdullayevning sayyor qabuli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Sizda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2018-yil 25-iyul kuni, soat 10:00 da Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.