O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018 yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori X.Turaxujayev turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

2018-07-20 | Jamiyat

Tadbirda agentlik direktori X.Turaxujayev mehmonlarni O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yo‘lida taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, Agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, tadbirkorlarga va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batafsil to‘xtaldi.

Jumladan, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartib soddalashtirilganligi, davlat xizmatlari markazlarining zamonaviy binolarini qurish uchun investorlarga berilayotgan imtiyozlar atroflicha tushuntirildi.

O‘z navbatida, turkiyalik ishbilarmonlar ham agentlik direktorini mazkur uchrashuvni tashkil etganligi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda haqiqatan ham ishbilarmonlar uchun, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlardan mamnun ekanligini bildirdilar.

Samimiy ruhda o‘tgan tadbirda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida o‘zaro tajriba almashildi. Turkiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi afzalliklar haqida Turkiyada faoliyat yurituvchi ishbilarmonlarga, albatta, yetkazishlarini qayd etdilar.

Uchrashuv so‘nggida X.Turaxujayev agentlik o‘z vakolati doirasidagi sohalarda muloqot va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Поделиться