O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mental arifmetika bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi

2018-07-20 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida yaqinda Singapurda bo‘lib o‘tgan Mental arifmetika bo‘yicha xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh bilimdonlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Joriy yilning 3 iyun kuni “Daholar laboratoriyasi maktabi” nodavlat ta’lim muassasasining 9 nafar o‘quvchisi Singapurda mental arifmetika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgandi. Ular yakkalik bahslarda 365 finalchilar orasida sovrinli o‘rinlarni egallab, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Zuhriddin Faxriddinov, Said Rashidov, Elif Ahmedova, Amalxon Xayrutdinov, Risolat Mutalova, Muhammadamin Normuhammedov, Abduqodir Normuhammedov kabi yosh bilimdonlarimiz xalqaro miqyosda O‘zbekiston yoshlarining nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyish etdi. 

“Daholar laboratoriyasi maktabi” nodavlat ta’lim muassasasining 33 o‘quvchisi 14 iyun kuni Issiqko‘lda (Qirg‘iziston) bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada ham qatnashib qaytdi. Ular 500 finalchilar orasida 18 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 

Tadbirda intellektual bellashuv g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться