O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ranglarda nur va joziba

2018-07-19 | Madaniyat

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli rassom Asliddin Isayevning “Ranglarda nur va joziba” nomli ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi kumush va oltin medallari sohibi, o‘nga yaqin xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi, mahoratli rassom Asliddin Isayevning “Ranglarda nur va joziba” nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada rassomning yuzga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Ushbu asarlar kishini chuqur fikrlashga chorlaydi, ularda falsafiy qarashlar ilgari suriladi.

Rassom o‘z badiiy asarlari bilan ko‘plab respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Bolgariya, Chexoslovakiya, Polsha, Germaniya, Hindiston, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Angliya, va Italiya davlatlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda faol ishtirok etgan. Asarlari AQSH, Italiya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Turkiya, Misr, Hindiston, Rossiya davlatlarida hamda Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Xorazm, Buxoro, Jizzax viloyatlaridagi muzeylarda va Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida saqlanmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi boshqarma boshlig‘i I.Valixojayev, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi A.Bakiyev, mehnat faxriysi N.Yakubov, “Maxalla” jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi M.Boboyorov so‘zga chiqib, rassomning ijod yo‘li, faoliyati to‘g‘risida iliq fikrlar bildirdilar.

Shuningdek, tadbirda rassomlar, usta xunarmandlar, jurnalistlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Ko‘rgazma muzey zalida ikki oy davomida namoyish etiladi.

Поделиться