O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand shahrida to‘rt yulduzli mehmonxona paydo bo‘lishi mumkin

2018-07-19 | Jamiyat

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Germaniyaning “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi ta’sischilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Best Western” brendi ostida butun dunyoga zamonaviy mehmonxonalar qurilishi uchun mahsulotlar yetkazib beruvchi mazkur kompaniyaning salohiyati taqdim etildi. 

Ta’kidlash lozim, “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasiga 2002 yilda asos solingan. Hozirgi kunda kompaniya Germaniya, Avstriya, Gollandiya va Chexiya davlatlarida jahon standartlariga javob beruvchi 34 ta mehmonxonasiga ega.

Shuningdek, kompaniya jahonda eng tez rivojlanayotgan zamonaviy mehmonxona qurilishi va rekonstruksiya qilinishi, uni intergatsiyalashgan tizimda boshqarish imkoniyatiga ega. Barcha mehmonxonalar xalqaro tan olingan “Best Western” brendi ostida boshqariladi.

“Best Western” brendining O‘zbekistonga kirib kelishi mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, zamonaviy mehmonxonalar bunyod etish hamda sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kompaniya O‘zbekistonga mehmonxonalar tarmog‘i bo‘yicha 100 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishni mo‘ljallagan. 3-5 yil davomida 8 ta mehmonxona qurib, foydalanishga topshirilishi mumkin.

Uchrashuvda Samarqand shahrida “Best Western” xalqaro brendi ostida 4 yulduzli mehmonxona qurish taklifi bildirildi.

Поделиться