O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Plaza Hotelgroup GmbH” va “Best Western” kompaniyalari toshkentda
2018-07-18 | Jamiyat
O‘zbekistonda ilk bor Germaniyaning “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi mehmonxonalar tarmog‘i bo‘yicha xalqaro investitsiyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekistonga kiritadi. Mehmonxonalar tarmog‘ini qurish uchun “Best Western”xalqaro brend ostida qurilish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimiyatida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Artixodjayev “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi rahbariyatini qabul qildi.
Ma’lumki “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi 2002 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtgacha Germaniya, Avstriya, Chexiya va Gollandiya mamlakatlarida 34 ta mehmonxonalarni qurgan. “Plaza Hotelgroup GmbH”GmbH” kompaniyasi mehmonxonalarni qurish bo‘yicha eng tezkor hisoblanadi. Bu borada ular katta tajribaga ega. Shu bilan birga mehmonxonalarni qayta ta’mirlash va foydalanishga topshirish imkoniyatiga ham ega. “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi qurgan va ta’mirlagan mehmonxonalar “Best Western” brindi ostida boshqariladi va xalqaro miqyosida shu nom bilan tan olingan. “Plaza Hotelgroup GmbH” va “Best Western”kompaniyalari bir biri bilan juda yaxshi aloqani o‘rnatgan.
Jumladan “Best Western”kompaniyasi dunyodagi mehmonxonalarni boshqarish tizimi bo‘yicha eng kattasi va omadlisi hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha “Best Western”korxonasiga qarashli korxonalar 420 tani tashkil etib, ular 100dan ortiq mamlakatlarda joylashgan. Har kuni 400.000 mingga yaqin kishilar ushbu korxona mehmonxonasidan foydalanadi. Business Travel News kompaniyasi “Best Western”mehmonxonalar 4 yulduzli mehmonxonalar qatorida qo‘yib keladi.
Yuqoridagi kompaniyalarning tashrifidan asosiy maqsad O‘zbekiston mehmonxona bozoriga kirib kelib, eng katta yirik shaharlarda turistik mehmonxonalar qurish. O‘zbekiston, Toshkent Samarqand. Buxoro, Xiva. mehmonxonalar tarmog‘ini kiritib, O‘zbekiston bozorini xalqaro darajadagi mehmonxonalar darajasini olib chiqish.
O‘zbekistonga “Plaza Hotelgroup GmbH” kompaniyasi tomonidan 100 million dollаr investitsiya kiritiladi. 3-5 yil davomida 6-8 tagacha mehmonxonalar qurib bitkaziladi.