O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion loyihalar uchun 4 yilda 800 milliard so‘m sarflandi

2018-07-18 | Innovatsiya

Mamlakatimizda ilmiy va ilmiy-tehnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-tehnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda mavjud moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, 2014-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘laridan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni moliyalashtirish uchun qariyb 800 milliard so‘m ajratilib, ularning natijalariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan 700 dan ortiq ixtiro patentlashtirildi.
 
Shu bilan birga, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi mamlakat ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zaruratini taqozo etmoqda.
 
Biroq, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan amalda foydalanishning tahlili ularni yaratish, huquqiy muhofaza qilish va joriy etish jarayonida tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 5 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan va patentlangan ixtirolar sonining yiliga 0,5 foizini tashkil etgan. Bu tijoratlashtirish darajasi yetarli emas.
 
Prezidentimizning joriy yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni tartibli yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Mazkur qarorda sohani takomillashtirishga oid chora-tadbirlar belgilandi.

Поделиться