O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehmonxonalar soni yana bittaga ko‘paymoqda
2018-07-18 | Turizm
Shu yilning 16-iyul kuni Hindistonning “Metric Ventures” MCHJ ta’sischi-direktori Rashmi Ranjan bilan Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev o‘rtasida to‘rt yulduzli mehmonxona qurilishi uchun yer ajratilishi masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonxona barcha talablarga javob beruvchi hamda to‘liq chet el kapitali asosida qurilishi belgilangan. Shuningdek, mazkur kompaniya Buxorodan tashqari, Samarqand va Toshkentda mehmonxonalar, yurtimizning boshqa viloyatlarida esa 1000 gektargacha bo‘lgan maydonda intensiv bog‘lar qurishni ham rejalashtirishyapti.
Qolaversa, turizm sohasi uchun kiritilayotgan ushbu sarmoyalar kelajakda o‘zini oqlashi va qurilishi rejalashtirilayotgan mehmonxona uchun Buxoro shahrining “Sitorai Mohi-Xossa” ko‘chasidan 1,75 gektar yer maydoni ajratildi.