O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bishkek shahrida “Pensiya tizimi mustaqillik davrida: erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va kelajakdagi vazifalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2018-07-18 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-5 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori Yo.E.Tursunov boshchiligidagi vakillari Qirg‘iziston Respublikasining poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Konferensiyada nufuzli xalqaro ijtimoiy institutlar, jumladan, Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar Xalqaro Assotsiatsiyasi (MAPSF), Ijtimoiy ta’minot Xalqaro Assotsiatsiyasi (MASO), Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EEK) hamda Gruziya, Moldaviya, Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston mamlakatlarining ijtimoiy soha va pensiya ta’minotiga oid tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Uchrashuv davomida MDH mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimi rivojlanishi, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar, kelajakdagi maqsadlar hamda pensiya ta’minoti tizimiga ta’sir etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni elektron tizimga o‘tkazish, mehnat migratsiyasi muammolari va undagi ishtirokchilarning pensiyaga chiqish huquqini saqlab qolish tizimlari keng muhokama qilindi. 

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati direktori Yo.E.Tursunov “O‘zbekiston Respublikasida pensiya tizimi: Pensiya ta’minoti tizimini isloh etish Konsepsiyasi” bo‘yicha ma’ruza qildi.

O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini isloh etishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni davom etayotgan bir davrda ushbu xalqaro konferensiya ahamiyati va samarasini alohida qayd etib o‘tish lozim. Konferensiyada Assotsiatsiyaga a’zo mamlakatlarning pensiya ta’minoti tizimi oldida turgan muammolar yechimi, ularning bugungi kundagi pensiya ta’minotiga oid erishgan yutuqlarini O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimida qo‘llash qizg‘in muhokama qilindi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik va pensiya ta’minoti tizimida tomonlarni informatsion qo‘llab quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Qirg‘iziston Respublikasi Ijtimoiy jamg‘armasi o‘rtasida ijtimoiy sug‘urta va pensiya ta’minoti tizimida hamkorlik Kelishuvi imzolandi (kelishuvning to‘liq matni bilan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi rasmiy veb-saytida tanishish mumkin:

http://pfru.uz/

Поделиться