O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryoda navbatdagi seminar o‘tkazildi
2018-07-17 | Jamiyat
Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi Janubiy-G‘arbiy maxsus okrug qo‘shinlari xarbiy qismlari va muassasalarining metrologiya yo‘nalishida ishlar olib boruvchi mutaxassislari bilan sohadagi yangiliklar xaqida tushunchalar berish hamda boshqarma va markazning ish faoliyati bilan tanishtirish maqsadida 2018 yil 13 iyul kuni seminar o‘tkazdi.
Seminarni boshqarma boshlig‘i D.Rizayev ochib “O‘zstandart” agentligida olib borilayotgan islohotlar sohaga doir yangiliklar xaqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
So‘ngra boshqarma va markazning malakali mutaxassislari so‘zga chiqib metrologiya, standartlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish xaqida umumiy tushunchalar berib o‘tishdi.
Seminar ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar boshqarma va markazning bo‘limlari hamda sinov va elektrotexnika laboratoriyalari bilan tanishtirib chiqildi.
Seminar ishtirokchilariga Qashqadaryo SMB tomonidan sohaga doir ma’lumotlar ko‘rsatilgan 3 turdagi 60 dona tarqatma materiallar tarqatildi.