O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Malaka oshirgan safdorlar amaliyotga kuzatildi
2018-07-17 | Jamiyat
Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent shahar markazida boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tgan safdor xodimlarning tantanali bitiruv marosimi o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirligi mas’ullari, markaz o‘qituvchi-xodimlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda yuqori malakali, bilim va salohiyatga ega ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
So‘zga chiqqanlar markazda joriy yilda boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tgan safdorlarga muvaffaqiyat tiladi.
– Ushbu markazda olgan nazariy va amaliy bilimlarim xizmat faoliyatimni samarali tashkil etishga yordam beradi, – deydi Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimi Sayyora Mirahmedova. – Jamiyatimizda osuda hayotni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda belgilangan xizmat vazifalarimizni astoydil bajarishga shaymiz.
Abdulaziz Musayev, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA