O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tebranishlarni qayd etish, zilzilalar, seysmorazvedkada foydalanish uchun seysmodatchik yaratildi

2018-07-16 | Fan

Ushbu qurilma muhandislik stansiyalari tarkibidagi seysmologik tadqiqotlarda, sanoat portlashlarida seysmoportlash to‘lqinlari ta’sirining intensivligini baholashdа, ishlab chiqarishda obyektlarga mashinalar va mexanizmlardan kelayotgan vibratsion to‘lqinlar ta’sirini baholashda foydalaniladi.

Seysmodatchik korpus, korpus qopqog‘iga osilgan signallarni uzatish liniyasi bo‘ylab ma’lumotlarga ishlov berish blokiga ulangan sezgir tenzoelementli yupqa elastik plastinadan iborat. Yupqa elastik plastinaning ikkinchi uchiga inersion massa bikr mahkamlangan, tenzorezistor ko‘rinishidagi sezgir tenzoelement esa yupqa elastik plastinaning o‘rta qismiga mahkamlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti mutaxassislari Sagdiyev Xamidulla, Teshaboyev Zoxidjon va Galiaskarov Viktorlar tomonidan yaratilgan qurilma uchun IAP 05612 raqamli foydali model patenti berildi.

Поделиться