O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari 2018 yilning 1-yarim yilida o‘tkazgan nazorat tadbirlari natijalari to‘g‘risida ma’lumot
2018-07-16 | Iqtisodiyot
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 1-yarim yilida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan jami 2 837 ta nazorat tadbirlaridan 2 334 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 279,2 mlrd.so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 35,9 mlrd.so‘mni, noqonuniy xarajatlar 122,6 mlrd.so‘mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar 120,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 56,8 mlrd.so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 1 547 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Jumladan:
I. Byudjet va byudjet mablag‘lari oluvchi tashkilotlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2 275 ta nazorat tadbirlaridan 1 887 tasida 21,7 mlrd.so‘m mablag‘ noto‘g‘ri sarflanganligi aniqlandi, shundan 1 126 ta subyekt bo‘yicha (18,7 mlrd.so‘m) nazorat tadbiri materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Shuningdek, byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 62 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 34,1 mln.so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.
II. Davlat maqsadli va moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan 382 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 329 tasida 127,3 mlrd.so‘mlik noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlangan noo‘rin va maqsadsiz xarajatlardan 27,9 mlrd.so‘mi belgilangan tartibda tiklandi, 96,8 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy qonun buzilishlar aniqlangan 276 ta tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
III. Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qaror va farmoyishlariga asosan 95 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilib, shundan 85 tasida 103,6 mlrd.so‘m miqdorida noqonuniy xarajatlar aniqlandi hamda tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Ushbu subyektlarda aniqlangan 11,5 mlrd.so‘m miqdoridagi noqonuniy xarajatlarni tiklanishi ta’minlandi.
IV. “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi paxta tozalash korxonalarida 2017 yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosini qabul qilish, qayta ishlash, paxta mahsulotlarini sotish va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan topshirilgan paxta xomashyosi bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarning haqqoniyligi yuzasidan o‘tkazilgan 31 ta nazorat tadbirlarining 21 tasida 25,2 mlrd.so‘mlik noqonuniy holatlar aniqlandi hamda tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
V. Boshqa yo‘nalishlar (Hukumat tomonidan kafolatlangan kredit, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqalar) bo‘yicha 32 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularning 28 tasida 1,3 mlrd.so‘m miqdorida kamomad, o‘zlashtirish va noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 0,7 mlrd.so‘mi belgilangan tartibda byudjetga tiklanishi ta’minlandi.
Shuningdek, moliyaviy qonun buzilishlar aniqlangan 1,3 mlrd.so‘m miqdoridagi 30 ta tekshirish materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
VI. Hisobot davrida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalariga jismoniy shaxslardan jami 406 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 65 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi, 45 tasi bir xil mavzudagi takroriy va 28 tasi dublikat murojaatlarni tashkil qiladi, 12 tasi anonim deb topildi.
Jismoniy shaxslarning 223 ta murojaatlari o‘rganib chiqildi, shundan ularda qayd qilingan holatlar 30 tasida to‘liq, 72 tasida qisman tasdiqlandi va 121 tasida o‘z isbotini topmadi, 23 ta murojaat o‘rganish jarayonida.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha 402 mln.so‘m miqdorida moliyaviy xatoliklar aniqlangan 31 ta o‘rganish materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.