O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayyor qabul Farg‘onadagi muammolarni o‘rgandi

2018-07-13 | Jamiyat

Farg‘ona shahridagi Matbuot uyida ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ayrim muammo va takliflarini o‘rganish yuzasidan 12-iyul kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda hududda bosma ommaviy axborot vositalarini tarqatish sohasidagi muammolar, noshirlik-matbaa mahsulotlarini tayyorlash, ishlab chiqarish, ularning savdosi va qog‘oz xomashyo bazasi bilan bog‘liq bir qator takliflar tinglandi.
 
Xususan, M.Sulaymonovning xususiy sektorga tegishli pochta-tarqatish tashkilotlarining huquqiy mexanizmini bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirish, Sh.Aslonovning viloyat Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan yaratilgan bir necha elektron adabiyotlar – multimedia to‘plamlarini tarqatishga oid murojaatlari o‘rganib chiqildi.
 
Tadbirkorlar J.Tojiboyevning “Vodiy kitob fabrikasi”ni tashkil qilish bo‘yicha innovatsion loyiha konsepsiyasini amalga oshirish, D.Abdullayevning kitob savdo do‘koni uchun bino ajratish yuzasidan yordam berilishi ta’kidlandi. 
 
A.Malikovning huquqiy targ‘ibot va profilaktika ishlarini yoritishda faollik ko‘rsatayotgan “Qonun va ijro” gazetasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan murojaati hal qilinadigan bo‘ldi.
 
Fuqaro M.Akbarovaning viloyatdagi ko‘zi ojiz bolalar kutubxonasini brayl yozuvidagi kitoblar va elektron adabiyotlar bilan to‘ldirishda Agentlik ko‘magi zarurligi haqidagi murojaati alohida nazoratga olinishi belgilandi.
 

Поделиться