O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Abay ijodi o‘zbek ixlosmandlari ardog‘ida

2018-07-13 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “Abay Qo‘nonboyevning ijodiy merosi o‘zbek xalqi uchun qadrlidir” mavzuida ijodiy kecha o‘tkazildi.

Prezidentning joriy yil 13-martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori qardosh Qozog‘iston xalqiga, uning betakror adabiyoti va madaniyatiga bo‘lgan ulkan hurmatning ifodasidir.
 
Mazkur qaror ijrosi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika qozoq milliy madaniy markazi hamkorligida o‘tkazilgan ijodiy kechada Abayning o‘z xalqiga cheksiz mehr-muhabbati, uni umumbashariy shoirga aylantirgan ona Vatanga sadoqati, el-yurt taqdiri yo‘lidagi jonkuyarligi va fidoyiligi barcha uchun o‘rnak ekani ta’kidlandi.
 
Abay hayoti va faoliyati tahlil etilganda, uning qanday chig‘iriqlardan o‘ta olgan ulug‘ shoir, millat bulbuli ekani haqida fikrlar bildiriladi.
 
Bu kabi sa’y-harakatlar o‘zaro madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, ikki xalq yoshlarini adabiyotning ulug‘ namoyandalari ijodi bilan keng tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
“Qozoq adabiyoti rivojida Abay ijodining o‘rni”, “Abay – qozoq xalqining yorqin yulduzi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Shoirning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi “Abay qozoq va o‘zbek xalqlarining yorqin yulduzi” nomli hujjatli film namoyish etildi.
 

B.Meliqulova, O‘zA

Поделиться