O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri - Jamshid Kuchkarov va “Veolia” vakillari,“Veolia” guruhi Vitse-prezidenti boshchiligidagi uchrashuvi

2018-07-13 | Iqtisodiyot

Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri - Jamshid Kuchkarov va “Veolia” kompaniyalari guruhi Vitse-prezidenti Malika Genduriya va boshqa vakillar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv shu yilning mart oyida o‘tkazilgan muzokaralarning mantiqiy davomidir. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Namangan shahridagi issiqlik ta’minoti obyektlarini yangilash, hamda Toshkent shahridagi suv va oqava suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan.

Muzokaralar jarayonida energiya tarmoqlarini boshqarishning kompleks tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi, jumladan, Namangan shahrining bir qismida issiqlikni uzluksiz ta’minlash bo‘yicha pilot loyiha, shuningdek, Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari taqdim etildi. Muzokara ishtirokchilarga loyihani ishlab chiqish rejasi va uning tafsilotlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun: “Veolia” kompaniyalari guruhi sanoat sohasida 160 yildan ziyod tajribaga ega va jami 163 ming nafar ishchilarni tashkil etadigan dunyodagi etakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Ushbu yo‘nalishda ishlar davom etmoqda.

Поделиться