O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda parrandachilik yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlash maktabi tashkil etiladi

2018-07-12 | Jamiyat

Samarqand shahrida Parrandachilik sohasidagi muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari, eksport salohiyatini yanada oshirish va sohani rivojlantirish borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bu yo‘nalishdagi respublika anjumani nega aynan Samarqandda o‘tkazildi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Zero, ayni vaqtda Samarqand parrandachilik rivojlangan va bu yo‘nalishda katta tajribaga ega hudud bo‘lib, barcha hududlarni ona tovuqlar bilan ta’minlamoqda.
 
Sohada erishilayotgan yutuqlarni yanada ommalashtirish maqsadida “Parrandasanoat” uyushmasi “O‘zsanoatqurilishbank” hamkorligida Samarqand shahrida “Parrandachilik yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlash maktabi” tashkil etishga kelishib oldi.
 
Maktabning o‘ziga xosligi shundaki, bu yerda talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun tegishli shart-sharoit yaratiladi, sohadagi korxona vakillariga xorijlik mutaxassislar saboq beradi.
 
Anjumanda ta’kidlanganidek, sohada 300 dan ortiq yirik va kichik ishlab chiqaruvchilar faoliyat yuritmoqda. Ular 2017-yilda 154ta loyihani amalga oshirib, 1 ming 200dan ziyod yangi ish o‘rni yaratdi. Shuningdek, ichki bozordan ortiqcha bo‘lgan parrandachilik mahsulotlari eksportga ham chiqarilmoqda.
 
Yutuqlarning bo‘lgani yaxshi. Biroq, sohani yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar ham yo‘q emas. Xususan, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarning yetarli darajada jalb etish, veterinariya xizmatini rivojlantirish, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud. Shu bois anjumanda “O‘zsanoatqurilishbank” sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida mas’ul ekani inobatga olinib, parrandachilik bo‘yicha xorijiy kredit liniyalari, eksport va savdoni moliyalashtirish shartlari va afzalliklari haqida taqdimotlar qilindi.
 
Tadbir doirasida ishtirokchilar “Maroqand parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bu yerda naslchilik uchun yaratilgan yangiliklarni ko‘rishdi. 1 gektardan ziyod maydonda metallakonstruksiyalardan foydalangan holda 3ta sex qurilmoqda. Qayd etish lozimki, jamiyat aholining kunlik ehtiyojini qondirish salohiyatiga ega. Xususan, korxona ichki bozorga kuniga 300 ming dona, qo‘shni Afg‘oniston bozoriga esa haftasiga 700 ming dona tuxum yetkazib bermoqda.

Поделиться