O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik memorandumi imzolandi
2018-07-11 | Jamiyat
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi o‘rtasida xorijda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar masalalarini hal qilish va hamkorlik o‘rnatish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandumning maqsadi xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash sohasidagi o‘zgarishlar haqida xabardor etish,chet elda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlarining xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) jarayonini soddalashtirish yuzasidan takliflar kiritish maqsadida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda nostrifikatsiyalash uchun murojaat qilgan o‘zbekistonlik yoshlarning xorijda olgan ta’lim sifatini monitoring qilish va vakolatli davlat organlariga takliflar kiritishdan iborat.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i – Ulug‘bek Tashkenbayev, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i – Nizamjon Ishonqulov, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi – Murodilla Alimbayev va OAV xodimlari qatnashdi.