O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek eksportini rivojlantirishda Halol va GLOBAL G.A.P standartlarining o‘rni

2018-07-11 | Jamiyat

Joriy yilning 7 iyul kuni Namangan viloyatida «O‘zstandart» agentligining Xalqaro munosabatlar boshqarmasi hamda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida Halol va GLOBAL G.A.P standartlarini rivojlantirish, mahsulot va xizmatlar eksport xajmini oshirish, ichki bozorni sifatsiz va xavfli mahsulotlardan ximoya qilish, iktisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish, bozorlar va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha hududiy seminar tashkil etildi.

Tadbirda «O‘zstandart» agentligining Xalqaro munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i A.Orifboyev, Namangan standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i A.Tursunov, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon markazlari rahbar va xodimlari, Namangan viloyatidagi «O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi», «O‘zbekturizm», «O‘zbekoziqovqatxolding» XK va «O‘zagroeksport» OAJ mas’ul vakillari, Farg‘ona vodiysidagi tadkbirkorlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar va fermerlar ishtirok etishdi.

Seminarni Namangan standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i A.Tursunov ochib, o‘z so‘zida tashkil etilgan tadbirning asosiy maqsadi davlat idoralari, tadbirkorlar va ilm egalari davlatimiz rivoji uchun ustuvor bo‘lgan masalalar, mavjud muammolarni yechish bo‘yicha fikrlarini eshitish, ularni birlashtirish orqali har tomonlama uyg‘unlashgan g‘oyalarni shakllantirish, o‘zaro muvozanatlashgan va real holatdan kelib chiqib tegishli qarorlar qabul qilish, tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlashdan iboratligini ta’kidladi. Bugungi kunda dunyoda turli xil standartlar borligi, ayniqsa oxirgi yillarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida tez-tez tilga olinayotgan va dunyoda keng ko‘lamda qo‘llanalayotgan, jaxon miqyosida o‘z o‘rnini egallab borayotgan bu Halol va GLOBAL G.A.P standartlari ekanligini tushuntirib o‘tdi.

Tadbirda «O‘zstandart» agentligi, Xalqaro munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i A.Orifboyev o‘z so‘zida, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yarmidan ko‘pi xususiy sektor xissasiga to‘g‘ri kelishi, ammo eksport sohasida va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ko‘rsatkichlar yetarli darajada emasligi, ichki bozorlarga xanuzgacha sifatsiz va xavfli mahsulotlarning kirib kelishi kuzatilayotganligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, jaxon bozorining qariyb 20 foizi «Halol» standarti asosida iste’mol qilinishi, halol savdosi bo‘yicha statistik ma’lumotlar, Islom davlatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ga a’zo bo‘lish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, mamlakatimizda ham Halol va GLOBAL G.A.P standartlarini joriy etish bo‘yicha bir necha xukumat qarorlari qabul qilinganligi, hozirgi kunda «Halol» standartiga oid 5 ta va GLOBAL G.A.P standartiga oid 4 ta standart ishlab chiqilganligi, albatta bu jarayonlarda jaxon tajribasi jiddiy o‘rganilganligi, xukumat qarorlari ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Halol ilmiy markaz tashkil etilishi, Halol muvofiqlikni baholash sohasida faoliyat yuritadigan xodimlarga qo‘yilgan talablar, Turkiya, Malayziya, Tailand davlatlari bilan hamkorlikda xodimlar malakasi oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etilganligi, «O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi», «O‘zbekoziqovqatxolding» XK, O‘zbekturizm davlat qo‘mitasi bilan tuzilgan ishchi guruhi faoliyati, tadbirkorlar va fermerlar uchun standart.uz saytida GLOBAL G.A.P tashkiloti tomonidan tan olingan akkreditatsiya va sertifikatlashtirish idoralarining reyestri joylashtirilganligi va tadbirga oid bir qator boshqa masalalarni ham to‘laqonli tushintirdi.

Seminar davomida «O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi» Namangan viloyati vakili tomonidan «Halol» tushunchasining diniy va dunyoviy mazmun moxiyatiga, xossatan «Halol» mahsulot unga zid bo‘lgan tushunchaga mos bo‘lgan mahsulot farqli o‘laroq eng avvalo insonning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi, bu mamlakatimiz fuqarolari va dunyo axliga salomatlikning kafolatganligi, sog‘lom avlod esa mamlakatimiz taraqqiyoti asosi ekanligini aytib o‘tdi.

Tadbirda «O‘zbekturizm», Mahsulotlarni eksportga ko‘maklashish byurosi xodimlari xam seminar yuzasidan fikr va munosabat bildirishdi. Boshqa so‘zga chiqqanlar bu borada boshlanayotgan ishlarning samarali amaliyotga erishish uchun avvalo tegishli laboratoriyalar tashkil etish, nafaqat mutaxassislarni, balki tadbirkorlarni ham shu standartlar bo‘yicha o‘qitish masalasiga e’tibor qaratish kerakligi aytib o‘tildi.

Tadbir davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Umuman Namangan viloyatida o‘tkazilgan tadbirda mavzu doirasidagi fikrlar xilma-xilligi, o‘rtaga tashlangan muloxazalar bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga egaligi, eng muxim Halol va GLOBAL G.A.P standartlarini joriy etishning zaruriyatidan tashqari bu borada jaxon tajribasini chuqur o‘rganilgan holda sa’y-xarakatlar rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyot va kichik biznes taraqqiyoti, eksport salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi, tadbirkorlarimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochilishi bilan bog‘liq ko‘plab innovatsion g‘oyalarning mavjudligini ko‘rsatdi.

Поделиться