O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamoatchilik kengashini tashkil qilish istiqbollarini muhokama qilindi

2018-07-11 | Jamiyat

Joriy yilning 9-iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida jamoatchilik va biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, vazir o‘rinbosarlari A.Umarov, S.Babaxodjayev, A.Sa’udullayev, jamoatchilik va biznes vakillari Z.Xashimov (Korzinka.uz), N.Akilova (Nestle), X.Mamasaidov (Dekos.uz), U.Ishmuxammedov (IDP IELTS), M.Kasыmov (Technoplaza) va B.Arifdjanovlar (Paynet asoschisi) ishtirok etdi.

Kun tartibida Xalq ta’limi vazirligi huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bugungi kunda jamoatchilik fikriga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘laroq ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarni inobatga olgan holda Xalq ta’limi vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida jamoatchilik kengashi nizomini ishlab chiqishni boshlash va uning faoliyatidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga kelishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3837-sonli qarorining o‘z vaqtida bajarilishi va uning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirda ko‘pgina davlat tashkilotlarida jamoatchilik kengashi faoliyat ko‘rsatayotganini inobatga olib, vazirlik rahbariyati tomonidan respublika xalq ta’limi tizimidagi keng qamrovli vazifalar va yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etishda ortirilgan tajriba asosida samarali ish mexanizmini tashkil qilish lozimligi qayd etildi.

Поделиться