O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar tadbirkorligi – eng muhim masala

2018-07-11 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonga keldi. 

Prezidentimizning joriy yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida ishchi guruh a’zolari shahar va tumanlarda yoshlarning turli yo‘nalish bo‘yicha loyihalari bilan tanishib, ularga amaliy yordam ko‘rsatmoqda. 

– Endi yurtimizda har bir yoshning nimaga qiziqishi, qanday ishga qobiliyati borligi bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lamiz, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, ishchi guruh a’zosi Joldas Abdijamilov. – Mana, Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida ushbu ishni amalga oshirish uchun 13 ishchi guruh tashkil qilinib, uning a’zolari har bir xonadonga kirib bormoqda, har bir oiladagi yoshlar haqida ma’lumot yig‘moqda. Ushbu ma’lumotlar yig‘ilib tuman hokimligida tashkil qilingan shtabga taqdim etiladi. Shu tarzda har bir yoshning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘riladi. 

Yuqorida zikr qilingan farmonga muvofiq davlat-sheriklik shartlari asosida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” majmualarinibarpo etish belgilangan. Shumanay tumanida shu masala bo‘yicha tashabbus bildirgan tadbirkor Abbaz Jabbarbergenovga binolar qurish uchun yer maydoni ajratildi. 

– Men shunday markaz qurishni ko‘pdan buyon o‘ylab yurar edim, – deydi Abbaz Jabbarbergenov. – Yoshlar ittifoqi raisi “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi va “Yoshlar mehnat guzari” majmuasi haqida tushuntirgandan keyin menda qiziqish ortdi va shu loyihani amalga oshirishga tashabbus bildirdim. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining 573 mingga yaqini yoshlar bo‘lib,ularning 25 ming 861 nafari uyushmagan yoshlardir. 

Ishchi guruh vakillari aynan uyushmagan yoshlar faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, intellektual va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, tadbirkorlikka jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Uchrashuvlarda kam ta’minlangan oilalar farzandlari, shuningdek, tarbiyasi og‘ir bolalar va ichki ishlar bo‘limida profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ro‘yxati tuzilib, ularni yozgi oromgohlarga bepul yuborish taklifi bildirildi. 

Tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va shaharlarida davom etmoqda. 

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA

Поделиться