O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi bandligini ta’minlash muhim masala

2018-07-10 | Jamiyat

Andijon shahridagi “Marjan investment group” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi sintetik hamda aralash matolarga gul bosish va bo‘yashga ixtisoslashgan. 

O‘tgan yil noyabr oyida faoliyat boshlagan korxona qurilishi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishi uchun 20 million dollar mablag‘ sarflandi. 

Bugungi kunga qadar bu yerda 15 million pogonometr matoga gul bosish va bo‘yash ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkichni yil oxirigacha 37 million pogonometrga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Tayyorlanayotgan mahsulotning 30 foizi xorijga eksport qilinadi. 

Korxonada mehnat qilayotgan 340 ishchi-xizmatchining aksariyati kasb- hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Korxona to‘la quvvat bilan ish boshlagach, yana 100 yangi ish o‘rni yaratiladi. 

 

Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA

Поделиться