O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston tadbirkorlari Tojikistonda o‘tkazilgan “SUG‘D-2018” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkada ishtirok etdi

2018-07-10 | Iqtisodiyot

Ma’lumki, 2018 yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahriga qilgan tashriflari davomida O‘zbekiston - Tojikiston Respublikalari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga chiqarish, yaqin ikki yil mobaynida savdo hajmini 1 mlrd. AQSH dollariga yetkazish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan edi.

O‘z navbatida, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarga asoslangan iqtisodiy munosabatlar kundan kunga rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi ko‘magida joriy yilning 6-7 iyul kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida Xalqaro “SUG‘D-2018” ko‘rgazma-yarmarkasida 100 dan ortiq mahalliy tadbirkorlarimiz ishtirok etgan bo‘lib, ularning 42 nafari o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.

Ushbu ko‘rgazma – yarmarkada tadbirkorlar tomonidan elektrotexnika vositalari, qurilish materiallari, oziq-ovqat, trikotaj, kosmetika, polimer mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari, muqobil manbalardan foydalangan holda elektr energiya ishlab chiqaruvchi texnologik uskunalari namoyish etildi.

Xalqaro “SUG‘D-2018” ko‘rgazma-yarmarkasida shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Germaniya, O‘zbekiston, Janubiy Koreya davlatlari tadbirkorlari hamda Xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur ko‘rgazma davomida Tojikiston Respublikasiga “Xalqaro investorlarni jalb qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirish” mavzusida konferensiya ham tashkil etildi.

Alohida qayd etish lozim, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida birgina Xo‘jand shahrida O‘zbekiston savdo uyi tashkil etildi. “Saxovat” bozorida O‘zbekistonlik tadbirkorlarning mahsulotlari sotilish tashkil qilindi. Bozorda 300 ta savdo rastalari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda 180dan ortiq savdo rastalarida O‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘zlarining mahsulotlarini sotishmoqda. Mahalliy hokimliklar, tashkilotlar va idoralar o‘rtasida o‘zar hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va Sug‘d viloyati Savdo - sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan. Unga ko‘ra, Tojikistonlik tadbirkorlar O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan biznes forumlar, kooperatsion birjalarda ishtirok etib kelmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonlik tadbirkorlarning Tojikiston Respublikasida o‘tkazilayotgan biznes forumlar, ko‘rgazma yarmarkalarda ishtirok etishi tashkil qilinmoqda.

Tashkillashtirilgan ko‘rgazma davomida O‘zbekiston va Tojikiston korxonalari tomonidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Shu bilan birga, xalqaro “SUG‘D-2018” ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami bo‘lib 6 mln. AQSH dollari miqdorida eksport shartnomalari imzolandi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi ko‘rgazmalar mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, tadbirkorlar tomonidan Tojikiston bozoriga mahsulotlarni eksport qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Поделиться