O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yilning iyul oyi uchun birinchi darajali to‘lovlarning moliyalashtirilishi holati yuzasidan axborot beradi

2018-07-10 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil iyul oyida birinchi darajali (iyun oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi hamda mehnat ta’tili) to‘lovlarining moliyalashtirilishi yuzasidan o‘tkazilayotgan tizimli monitoring natijalari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari xodimlarining birinchi darajali to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida 532,5 mlrd. so‘m miqdorida maqsadli mablag‘lar ajratildi.

Shu bilan birga byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g‘aznachilik organlariga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari asosida joriy yilning 6 iyul holatiga iyul oyi uchun birinchi darajali to‘lovlarning to‘lanishi respublika bo‘yicha 85,8 foizni tashkil etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi PF-5469-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonini ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda.

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari qayta hisob-kitob qilinmoqda.

Concrete

Byudjet tashkilotlari xodimlariga to‘lanadigan ish haqi hamda mehnat ta’tili grafigi bo‘yicha orqada qolayotgan Navoiy viloyatining moliya va g‘aznachilik organlari rahbarlariga qattiq ogohlantirish berildi.

 

Поделиться