O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jexun LI: hamkorlikka hamisha tayyormiz

2018-07-10 | Jamiyat

Janubiy Koreya Respublikasi texnoparklar assotsiatsiyasi raisi Jexun Li rahbarligidagi delegatsiya ishbilarmonlik tashrifi bilan Namangan viloyatiga keldi.

Janubiy Koreya Respublikasining innovatsion siyosat borasidagi tajribasini o‘rganish hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida taklif etilgan Jexun Li viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashdi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasida mustaqilligimizning dastlabki yillarida yo‘lga qo‘yilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil noyabr oyida mamlakatimizga tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes-forumda so‘zlagan ma’ruzasini shaxsan eshitib, o‘zbek ishbilarmonlari bilan hamkorlik borasida yanada keng imkoniyatlar ochilayotganini his etdik, – deydi Jexun Li. – Oradan ko‘p o‘tmay Namanganda “Hyundai” avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha ustida ish boshlangani bilan bu tashabbus isbotini topdi. O‘zbekistonda investitsiya, eksport, turizm yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari keng. Jumladan, bizning assotsiatsiya ham Namangandatexnoparklar tizimini yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligi tamoyilini tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor. Zero, bugun Janubiy Koreyada ham yirik korxonalar emas, balki kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda va bunda texnoparklar vositasidan samarali foydalanilayotir.

Muloqotda texnoparklar tashkil qilishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarish va texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida davlat va xususiy sektor sherikligi tamoyili asosida rivojlanish istiqbollari kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.
 
Mehmonlar Namangan shahridagi “Do‘stlik uyi”da joylashgan koreys milliy madaniy markazida koreys xalqi tarixi va madaniyati, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
 
Namangan shahar davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan uchrashuvda texnoparklar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid Koreya tajribasi taqdimoti o‘tkazildi.
 
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolarining Kosonsoy tumanidagi texnopark qurilishi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida tadbirkor va ishbilarmonlar, sanoat korxonalari vakillarining biznes loyihalari bilan tanishishi, Namanganning diqqatga sazovor joylariga sayohati ko‘zda tutilgan.
 

Akromjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA 

Поделиться