O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Isroil elchisi qoraqalpog‘istonda

2018-07-10 | Jamiyat

Isroil davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik safar uyushtirdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Yerniyazov mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar ijobiy samaralar berayotganini ta’kidladi.
 
O‘z navbatida, elchi istiqbolda qishloq xo‘jaligi, turizm, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarini yanada rivojlantirish, Orolbo‘yida yuzaga kelgan ekologik muammolarni yumshatish borasida hamkorlik ikki tomon uchun ham birday manfaatli ekanini qayd etdi.
 
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi ofisida bo‘lib, “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
 
Ushbu loyiha 2014-yil may oyida boshlangan bo‘lib, 2019 yilning may oyiga qadar davom etadi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad, Qoraqalpog‘istonning Shumanay, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlari aholisining turmush sharoitini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan turli xizmatlar sifatini oshirishdan iborat.
 
Elchi, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoshida tashkil etilgan milliy hunarmandchilikni rivojlantirish markazi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markaz 2014 yilda BMTning “Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholining turmush tarzini yaxshilash” dasturi doirasida YUNЕSKOning qo‘llab-quvvatlashi bilan tashkil etilgan.
 
Markazning asosiy vazifasi milliy hunarmandchilik va turizmni rivojlantirish orqali mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoiti yaxshilanishiga hissa qo‘shish, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning boy madaniy merosini tiklash va uni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazishdir.
 
Mehmonlar Nukus tumanidagi baliqchilikka ixtisoslashtirilgan “Nukus Agro Fish” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Qorao‘zak tumanidagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Panayev farms” fermer xo‘jaligida ham bo‘ldi.

 

Y.Qanoatov, O‘zA

Поделиться