O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Olmaliq KMK“ AJ 2018 yil I yarim yillik yakunlari

2018-07-09 | Iqtisodiyot

Ijtimoiy-iqtsodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini bajargan holda, “Olmaliq KMK“ AJ tomonidan 2018 yil I yarim yillik davomida tovar mahsulotlar ishlab chiqarish ta’minlandi:

- amaldagi narxlarda – 100,6 %;

- qiyosiy narxlarda – 100,7 %.

Tovar mahsulot ishlab chiqarish o‘sish sur’ati 2017 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 102,0 % tashkil etdi.

Mis qazib olish belgilangan topshiriqqa nisbatan 99,7%, mis mahsuloti ishlab chiqarish 104,9 %, shu jumladan o‘z xom ashyosi hisobidan 100,1% tashkil etdi, rux metalli 96,4 %, shu jumladan o‘z xom ashyosi hisobidan 101,1 %, sul’fat kislotasi 95,2 %, molibden uchokisi 111,7%, affinajlangan oltin 101,5 % va affinajlangan kumush 100,8 % tashkil etdi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash topshiriqqa nisbatan 100,0%, o‘sish ko‘rsatkichi 106,4% tashkil etdi.

2018 yil I yarim yillik davomida mahsulotlar 141,0% eksport qilindi.

2018 yil I yarim yillik davomida “Uzb RTXB“ AJ birja savdolari orqali mis mahsulotlari topshiriqqa nisbatan – 100,0%, rux metalli – 100,0%, portlandsement – 107,1% sotish amalga oshirildi.

Ichki bozorni to‘ldirish maqsadida kombinat topshiriqqa nisbatan qiymati 11,6 mlrd so‘mlik (QQS hisobisiz) yoki 100,6 % xalq iste’moli mollari ishlab chiqardi, o‘sish sur’ati 101,9 % tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2018 yildagi “2018 yil uchun investitsion va infrastruktura loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3507-sonli qaroriga asosan“Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo‘naltirilgan 2 081,1 mlrd. so‘mlik kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish rejalangan 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda, shu jumladan:

O‘z mablag‘lari hisobiga – 348,2 mlrd. so‘m;

O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i – 1 234,9 mlrd. so‘m;

Tijorat banklarining kreditlari – 498,0 mlrd. so‘m.

2018 yil I yarim yillikda 1258,5 mlrd. so‘mlik investitsiya o‘zlashtirildi yoki istiqbolga nisbatan 105,1% tashkil etdi. Mablag‘larni o‘zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi:

№ 

Nomlanishi

Reja
(mlrd. so‘m)

Amalda
(mlrd.

so‘m)

% baj. 

1

Amaldagi “Qizil-olma“ koni negizida “Samarcho‘q“ yer osti uchastkasini qurish

18,0

18,4

102,3

2

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement zavodini qurish

863,8

864,6

100,1

3

“Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish

305,9

364,5

119,2

4

“Yoshlik-II” konini o‘zlashtirish

10,0

10,6

105,4

5

Xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash uchun ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (Qalmoqqir, Sari-cho‘qqi, STYTB, ATB, MBF)

-

-

-

6

“Uch-kuloch” konini ochiq usulda o‘zlashtirish

-

0,06

-

 

JAMI

1197,7

1258,5

105,1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, “Olmaliq KMK“ AJ umumiy qiymati 29,0 mld so‘mlik 32 ta loyihani amalga oshirmoqda.

2018 yil I yarim yillik davomida qiymati 43,3 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 306,4 % erishildi.

2018 yil I yarim yillik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid texnik-tashkiliy chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra mahsulotni tan narxi 273,7 mlrd so‘m yoki 7,5% ga kamaytirish ko‘zda tutilgan.

2018 yil I yarim yillik davomida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija qiymati 6,7% topshiriqqa nisbatan 6,1 %, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 6,3% topshiriqqa nisbatan 5,2 % tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2018 yilda qiymati 22361,1 mln. dollarlik 360 ta texnologik jihozlar almashtirish va modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.

2018 yil I yarim yillikda qiymati 576,5 ming dollarlik 23ta texnologik jihozlar almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.07.2018 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o‘tgan qarzdorlik hosil bo‘lmagan holda 436,2 mlrd. so‘m, kreditorlik qarzdorlik esa 390,0 mlrd. so‘m.

Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo‘yicha qarzdorlikka ega emas.

“Olmaliq KMK“ AJ da 2018 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg‘i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko‘rsatkichlar 2018 yil I yarim yillikda quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 66,5 mln. kVt/s;
  • yoqilg‘i – 16,9 mln. m³;

Issiqlik energiyasi manbaalarini 19,2 mlrd. so‘mga iqtisod qilindi.

“Olmaliq KMK“ AJda alternativ energiya manbaa kengaytirish tadbirlari bajarilmoqda. 2018 yilda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasining “Oltin-olma” pansionatiga 60 ta geliouskuna tadbiq etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, yiliga 0,2 mln. kVt/s elektroenergiyani iqtisod qilish imkonini beradi.

Korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarni chuqur o‘rganish vamaqsadga muvofiq joriy etilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining korporativ boshqaruv bo‘yicha ilmiy-o‘quv markazi “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda o‘quv qo‘llanmasini tayyorladi,o‘ o‘zida aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan normativ-lokal hujjatlarini, korporativ boshqaruvning tarixi, korporativ boshqaruvning tamoyillari, xorij davlatlarining jahon tajribalarini, korporativ boshqaruv tizimini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni mujassam etadi.

2018 yil I yarim yillikda “Olmaliq KMK” AJ ning 3 nafar xodimlari Korporativ boshqaruv ilmiy-o‘quv markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Korporativ boshqaruv: joriy etilishi, tamoyillari va mexanizmlari” va “HR-personallarni boshqarish” kurslarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishga muvofiq bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyundagi № 207 sonli ” Davlat ulushi bo‘lgan aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ”Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan ”Olmaliq KMK” AJ faoliyatini samaradorligini baholash asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi qoidalarga ko‘ra kombinatning 2017 yildagi faoliyati samaradorligini baholash o‘tkazilgan. ”Olmaliq KMK” AJning samaradorlik integral koeffitsiyenti (IKE) 2017 yil II yarim yillik yakuniga ko‘ra 458,07%ni tashkil etdi (Agar IKE ko‘rsatkichi 100 foizdan ortiq bo‘lsa ijro organining samaradorligi yuqori baholanadi). O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi davlat aktivlarini boshqarish markazining rasmiy veb saytida natijalar joylashtirilgan.

Dasturga binoan 2018 yilda 820 yangi ish joylarini yaratish ko‘zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 280 ta ish o‘rni, investitsion dasturga binoan 590 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

2018 yil I yarim yillikda 350 ta yangi ish o‘rni tashkil qilindi, shundan, sohani rivojlantirish 74 ta ish o‘rni, investitsion dasturga binoan 276 ta ish o‘rni yaratildi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o‘qitish dasturiga muvofiq 2300 nafar va ikkinchi sohani o‘zlashtirish maqsadida 1047 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o‘qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 934 kishi, shu jumladan 374 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitildi.

To‘lov-shartnoma asosida 295 kishi o‘qimoqda, shuningdek Rossiya Federatsiyasi oliy bilim yurtlarida 146 kishi ta’lim olmoqda. Toshkent davlat texnika universitetining sirtqi va kechki bo‘limlarida 112 kishi, hamda Navoiy davlat konchilik institutining sirtqi bo‘limlarida 20 kishi tahsil olmoqda.

MISiS Milliy Texnologik Universiteti magistraturasida 13 nafar talaba sirtqi va 4 nafar talaba kunduzgi bo‘limlarda ta’lim olmoqda.

2018 yil I yarim yillik davomida kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 1875 nafari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashdi. Shu vaqt davomida 1056 nafar kolledj bitiruvchilari va 310 nafar Oliy o‘quv yurti bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yildagi “Iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi PQ-2569 Qaroriga muvofiq iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish bo‘yicha “Olmaliq KMK” AJda umumiy qiymati 18,8 mld so‘mlik 6 ta loyiha ko‘zda tutilgan. Qarorni amalga oshirish davrida 4,1 mld. so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi. Shulardan 2 ta loyiha 2018 yilning IV chorakka qadar amalga oshirish rejalashtirilgan:

  • Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Sement zavodini texnologik jarayonini avtomatlashtirish tizimini tadbiq etish.
  • “Samarcho‘q’” er osti konini avtomatlashtirish tizimini tadbiq etish.

Ko‘zda tutilgan qiymati: 11,6 mld. so‘m.

Tizim sement ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilib turish imkonini beradi

Monosxema sifatida zavodning dispetcheriga texnologik jihozlarni jami ishlarni ma’lumotlar ko‘rinishida kiritiladi, operator ish joyidan turib barcha texnologik jarayonini avtomatlashtirilgan holda boshqaradi, shuningdek ko‘proq sifatli mahsulot ishlab chiqarishda energoresurs (gaz, elekrtoenergiya) xarajatlarini qisqarishiga erishiladi.

Ko‘zda tutilgan qiymati: 3,4 mld. so‘m.

Avtomatlashtirish tizimini asosiy texnologik jihozlarni parametrlarini avtomatlashtirilgan rejimda nazorat qilib boradi va avariyani oldini olishda himoyani ta’minlaydi.

AKT yo‘nalishida minimal kompyuter savodxonligini bo‘yicha 111,6 ming so‘mlik xarajat bilan 20 nafar xodim malaka oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Amalda faoliyat yuritayotgan ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha simsiz tizimni modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Radioelektron vositalarni vaqtincha tadbiq etish uchun ruxsatnoma qo‘lga kiritildi. Ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha kombinatning olis korxonalaridan Ohak zavodi, Portlatuvchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodlari korporativ tarmoqqa ulandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni 2018 yilning II chorakda yakuniga yetkazish rejalangan. Modernizatsiyalash olisda, yetib borish murakkab bo‘lgan tog‘oldi nohiyalarda joylashgan bo‘linmalar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining o‘tkazish 60 Mbit/s gacha oshirish ko‘zda tutilgan.

OKMK proksi serveri uchun Huawei RH2288 v3 markali yangi server jihozi ishga tushirildi.

“Olmaliq KMK” AJda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida beshta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha 12,2 mlrd. so‘mlik 39 ta tadbir ishlab chiqilib tasdiqlangan.

2018 yil I yarim yillikda 6,4 mlrd. so‘mlik tadbirlar bajarildi.

2018 yil I yarim yillikda kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go‘sht-sut va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish maqsadida:

Go‘sht mahsulotlari – 30 t;

Sut mahsulotlar – 1014 t.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish va ijro intizomi tizimini takomillashtirish maqsadlarida ”Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida(2017 yil 26 aprelidagi № 322 buyruq) Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qiluvchi xizmat tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tanqidiy baholab borish tizimi joriy etilgan.

O‘tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o‘rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda Qonunlar, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari ijrosining borishini o‘rganish tizimini joriy etish bo‘yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan tahliliy ma’lumotnomalar rasmiylashtirilgan holda bayonnomalar tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 aprelidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustaxkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ-2881-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshqaruv va xo‘jalik organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, rayon va tumanlar hokimlariga intizomiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 10 mayda tasdiqlangan №264 nizomga asosan “Olmaliq KMK” AJ lavozim rahbarlariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartiblari to‘g‘risida” qoidalar tasdiqlangan va joriy etilgan.

Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

2018 yil I yarim yillik davomida “Olmaliq KMK” AJ jami rasmiylashtirilgan aktlar 502 ta bo‘lib, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta Farmoni, 23ta Qarori, 1 Farmoyishi, 4 ta topshirig‘i hisoblanadi. 37 ta Prezident Devoni topshirig‘i, 453 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, 161 ta Bosh vazir va o‘rinbosarlarining topshiriqlari, 178 ta ATD Vazirlar Mahkamasining topshiriqlaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan hujjatlar (70 ta) umumiy hisobda 54 ta qarorlar qabul qilindi, shu jumladan 46 ta buyruq, 2 ta farmoyish va 4 ta kompleks chora-tadbirlar hisoblanadi.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojaatlarni batafsil o‘rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil qilingan.

2018 yil I yarim yillikda 1885 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 432 ta yozma va 867 ta og‘zaki, 586 ta elektron manzil orqali kelib tushgan murojaatlar. 126 ta ariza bo‘yicha chora ko‘rildi, 1668 ta ariza bo‘yicha tushuntirildi, 23 ta qaytadan murojaat qilganlar, 73 ta ariza ko‘rib chiqilmoqda va 11 rad etildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko‘rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishqa qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o‘tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

Поделиться