O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ukrainaning Kiyev shahrida trening kursi bo‘lib o‘tdi
2018-07-09 | Jamiyat
2018 yilning 3 – 4 iyul kunlari Ukrainaning Kiyev shahrida “Yevropa hisoblar tizimi 2010 va uning davlat moliyasi statistikasiga va ortiqcha defitsitni bartaraf etish tartibotiga ta’siri” mavzusida trening kurs bo‘lib o‘tdi. Mazkur trening kurs Yevrostat tomonidan tashkil etildi.
Trening kursda Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Urazbayev va Xalqaro hamkorlik va aloqalar bo‘limi boshlig‘i U.Noipovlar ishtirok etishdi.
Trening kursda Yevrostat ekspertlari hamda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Latviya, Ukraina, O‘zbekiston statistika idoralari xodimlari va vakillari ishtirok yetishdi.
Ushbu seminar trening davomida Yevropa milliy hisoblar 2010 va uning davlat moliyasi statistikasiga va ortiqcha defitsitni bartaraf etish tartibotiga ta’sirini umumiy qoidalari, asosiy tamoyillari, ushbu tamoyillarni amaliyotda qo‘llash tartiblari va konseptual asoslari keng yoritilib, tinglovchilarga tushunchalar berildi. Shuningdek, seminar davomida ayrim davlatlar tajribasi va ularning amaliyotda davlat moliyasi statistikasini shakllantirish va ortiqcha defitsitni bartaraf etish tartiboti bo‘yicha o‘z usullari, ish jarayonida duch kelinayotgan qiyinchiliklar, yutuqlar va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashildi.