O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining deputatlari bilan davra suhbati

2018-07-09 | Madaniyat

6 iyun kuni Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuxrat Tursunboyev va qo‘mita deputati Abdug‘affor Qirg‘izboyev ishtirokida “Musiqa va san’at sohasida yagona davlat siyosatini yuritishda madaniyat muassasalarining o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining madaniyat va san’at sohasiga bo‘lgan e’tiborlari natijasida bir qator farmon va qarorlar e’lon qilindi. Yangicha yondashuvlar asosida o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish, yosh mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, teatr, muzey, madaniyat va dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘larini qayta isloh etish, bu ro‘yxatni yana ko‘p davom ettirish mumkin. Davra suhbatida Madaniyat vazirligining xalqimiz orasida hamda davlat siyosatini yuritishdagi o‘z o‘rni borasidagi ma’ruzalar tinglandi. Taklif etilgan san’at ahli deputatlarimizga o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi.

Axir bejiz aytishmaydiku, kuch birlikda deb, shu bois deputatlarimiz bilan birgalikda Qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishda maqsad va vazifalarni aniq belgilab oldik.

Поделиться