O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
2018-07-05 | Sport
Joriy yilning 7-14-iyul kunlari Toshkentda yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Bugun nufuzli musobaqa oldidan “International hotel Tashkent” mehmonxonasida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazildi.
Ayni paytlarda jahon og‘ir atletikasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bir necha yildan buyon mutaxassislar tomonidan bildirilayotgan takliflardan so‘ng, nihoyat xalqaro tashkilot og‘ir atletika qonun-qoidalariga, mavjud vazn toifalariga juz’iy o‘zgartirishlar kiritishga qaror qildi. Bundan tashqari, sportchi va jamoalar reytingini aniqlash tizimi ham yangilanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti sifatida ijroqo‘m a’zosi hisoblanadi.