O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolgariya Parlamenti vakillari Buxoroda

2018-07-04 | Jamiyat

“Bolgariya – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Adlen Shukri Shevked xonim boshchiligidagi Bolgariya Respublikasi Xalq majlisi delegatsiyasi 3-iyul kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Buxoro viloyati iqtisodiyot sektori mutasaddilari, turizm, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashdi.
 
Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Umarov iqtisodiyotni rivojlantirish, turizm salohiyatini yuksaltirish borasida qilinayotgan ishlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar, qulay investitsiya muhiti haqida ma’lumot berdi.
 
Bolgariya delegatsiyasi a’zolari viloyat tadbirkorlari va turizm sohasi vakillari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi. Bu tomonlar uchun hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlab olish nuqtai nazaridan qiziqarli bo‘ldi.
 
– Tashrifimiz davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldik, – deydi Adlen Shevked. – Toshkent va Buxoroda o‘tgan uchrashuvlarda yurtingiz haqidagi tasavvurlarimiz yanada boyidi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda parlamentlarimiz hamkorligi muhim samara berishiga ishonaman.
 
Bolgariyalik mehmonlar tashrif doirasida Buxoroning tarixiy obidalari va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.
 

E.YODGOROV, O‘zA

Поделиться