O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zaro hamkorlikning yangi bosqichi

2018-07-03 | Jamiyat

 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. 

Mazkur memorandum O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi o‘rtasida yoshlar masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlikning yo‘nalishlari va tartibini belgilab beradi. 

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning barcha sohalarni modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlashdan iborat. 

Shuningdek, ushbu hamkorlik yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, Milliy gvardiya saflarida har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli va Vatan taqdiri , yurt tinchligi va himoyasi yo‘lida bor salohiyati bilan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni birlashtirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratishga xizmat qiladi. 

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Поделиться