O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Quvnoqlar va zukkolar”da iqtidorlilar saralandi

2018-07-02 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilib kelayotgan yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning mazkur bosqichida Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Fuqoro muhofazasi instituti hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan kelgan 4ta jamoa turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intelektual salohiyatini namoyish etishdi. 

– Bu loyiha tizimda xizmat qilib kelayotgan yoshlarning bilimi va saviyasini qay tarzda namoyish etish yo‘lidagi o‘ziga xos imkoniyatdir, – deydi Fuqoro muhofazasi itinsituti jamoasining ishtirokchisi Husan Xalilov. – Tanlov bahonasida yurtimizning turli hududlaridan kelgan kasbdoshlarimiz bilan do‘stlashdik, ular bilan tajriba almashdik. 

Tanlovda birinchi o‘rinni Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Fuqoro muhofazasi instituti jamoasi qo‘lga kiritdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, Poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya uyushtirildi
 
Samandar Hikmatullayev, 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
Matbuot xizmati rahbari
 
 

Поделиться