O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Ozodlik radiosi» bosh muharriri Ichki ishlar vazirligida bo’ldi

2018-06-29 | Jamiyat

2018 yilning 28 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga  “Ozodlik radiosi” xalqaro notijorat tashkilotining bosh muharriri hamda vitsa-prezidenti Ninad Pejich tashrif buyurdi. Uni Vazirlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig’i general-mayor Qutbidin Burxonov qabul qilib, muhim masalalar yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Uchrashuv avvalida general-mayor Qutbidin Burxonov yurtimizda ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan ulkan o’zgarishlar va islohotlar haqida, xususan, mamlakatimizda jinoyat yuz berishini oldini olish hamda jinoyatchiilkka qarshi kurashishda profilaktika inspektorlari mahalla faollari, yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qo’mitasining mahallalardagi vakillari bilan hamkorlikda faol ish olib borayotgani va u o’z samarasini berayotgani borasida so’z yuritdi.

Muhokama davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning olib borayotgan insonparvarlik siyosati, xususan, fuqarolarning qonuniy  huquq va manfaatlari himoya qilinishi, jinoyatga qo’l urgan ayrim insonlarni sog’lom hayotga qaytarish hamda jamiyatda o’z o’rnini tiklab olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar borasida, jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yilning dekabr oyida 2 700 nafar va joriy yilning iyun oyida 226 nafar ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolarga avf berilgani alohida ta’kidlab o’tildi.

Shu bilan birga, profilaktika inspektorlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, ya’ni o’z xizmat vazifalarini olib borayotgan hududlardan xizmat uylari, imtiyozli shartlar asosidagi engil avtomobillar taqdim etilayotgani, respublikamizda turizm sohasini yanada rivojlantirishga o’z hissasini qo’shuvchi «Xavfsiz turizm» dasturining amalga oshirilayotgani borasida fikr bildirildi.

Yuqori saviyada bo’lib o’tgan mazkur uchrashuvda “Ozodlik radiosi”ning bosh muharriri Ninad Pejich vazirlik rahbariyatiga o’zini qiziqtirgan savollariga to’liq javob olgani uchun minnatdorchilik bildirib, tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsadi, so’nggi vaqtlarda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi ijobiy o’zgarishlarni o’z ko’zi bilan ko’rib, qator masalalarni hamkorlikda hal etish uchun kelganini aytib o’tdi.

Поделиться