O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jurnalistlar uchun kutilgan va kutilmagan voqea

2018-06-27 | Jamiyat

O‘zbek milliy akademik drama teatrida 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda milliy jurnalistika sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, mamlakat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidoiy ijodiy faoliyat olib borayotgan bir guruh OAV xodimlari taqdirlandi. Ularga Vatanimizning yuksak unvoni, orden va medallari bilan mukofotlash haqidagi Prezident farmoni o‘qib eshittirildi. 

Qayd etish joizki, bu yil ilk bora soha vakillariga davlat mukofotlari kasb bayramida topshirildi. Albatta, bu voqeadan qalblar to‘lqinlanib, ko‘zlarga quvonch yoshlari keldi. Axir, davlat va xalq o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tayotgan jurnalist kasbining o‘ziga xos mashaqqatlaridan hamma ham xabardor emas. Uning tom ma’noda “noni qattiqligini” soha ichidagi insonlar yaxshi bilishadi. 

— Kamtarona mehnatimni shunday yuksak mukofotlanganidan juda quvondim, –deydi Bo‘ka tumanidagi “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri Guljahon Yomg‘urova. – Gazetamiz uch mingdan ortiq nusxada chop etilmoqda. Biz har bir xabar va maqolani tayyorlashda ochiqlik va xolislik, fikr va qarashlar rang-barangligiga e’tibor qaratamiz. Bugungi rag‘bat bizni yanada yangi izlanishlarga chorlaydi. 

Shu o‘rinda qayd etish joizki, mamlakatimizda 1500 dan ortiq OAV faoliyat yuritmoqda. Ulardan 700 yaqini gazeta, 309 tasi jurnal, 65 ta televideniye, 35 radio. 4 axborot agentligi, 15 ta axborotnoma-byulleten, qariyb 400 ta veb-saytdan iborat. Vaholanki, mustaqillikdan avval mamlakatimizda 395 ta OAV bor edi.

Поделиться