O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jeneva shaxrida Xalqaro simpozium
2018-06-26 | Jamiyat
Joriy yilning 25-27 iyun kunlari Shvetsariya davlatining Geneva Shaxrida «Quruq va quritilgan mevalar» sohasida standartlashtirish mavzusidagi yig’ilish hamda «Barqaror kelajak uchun yong’oqlar va quritilgan mevalar» mavzusidagi Xalqaro simpozium o'tkazilmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirlarda “Uzstandart” agentligi va O'zbek ishbilarmonlari doirasi vakillari, GIZ Tashkilotining O'rta Osiyo ofis hodimlari, Eron, AQSh, Germaniya, Ispaniya va Codex Alimentarius tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Xalqaro anjuman joriy yilning 27 iyun kunigacha davom etadi. Quritilgan mevalar sohasida standartlashtirish va uni rivojlantirish mavzusida qiziqtirgan savollar yoki takliflar bo'lsa ird@standart.uz elektron pochtasiga yo'llashingzni so'raymiz.