O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi

2018-06-22 | Jamiyat

2018 yil 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilishi doirasida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

“Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 iyun kuni qabul qilindi.

Qonun shaxs, jamiyat va davlatning ekstremizmdan xavfsizligini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga, fuqarolar o‘rtasida tinchlik, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlashga qaratilgan.

Qonunni ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlar tajribasi hisobga olindi. Qonunda ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy tushunchalari va printsiplari, ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari, ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat olib boradigan organlar doirasi va ularning vakolatlari, ekstremizmga qarshi kurashish choralari, shuningdek ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Ishchi guruh a’zolari mazkur Qonun ekstremistik faoliyatning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga hamda pirovardida aholi osoyishtaligini saqlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.   

Поделиться