O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoyda ta’lim tizimiga texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazilmoqda

2018-06-22 | Ta’lim

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) ning Shenchjen shahrida “Osiyo va Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish 2018” mavzusida gi xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning 20 ta davlatidan 70 dan ortiq ishtirokchilar qatnashayotgan xalqaro seminarda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan vakillar ishtirok etmoqda.

Tashrifning birinchi kuni seminar ishtirokchilari “Huawei innovatsion markazi”ga tashrif buyurib, kompaniyaning ta’lim jarayoniga tadbiq qilingan eng ilg‘or texnologiyalari bilan tanishtirildi.

Seminarning ochilish marosimi 20 iyun kuni Shenchjen shahrida joylashgan Janubiy fan va texnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tdi.

Seminarni universitet prorektori Tao Tang ochib berdi. Shundan so‘ng, Gonkong universiteti professori Kxe Foon Xev tomonidan MOOC (Ommaviy ochiq onlayn kurs) larga kirish (Introductionto MOOC) mavzusida seminar tashkil qilindi. Ushbu seminarni tashkil qilishdan maqsad MOOC (Ommaviy ochiq onlayn kurs) larini tashkil etish, tinglovchilarga qulay va sifatli bilim berishni ta’minlashdan iborat. Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda tashkil etilib, unda har bir ishtirokchi o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Dastur davomida ochiq onlayn kurslar (MOOC) platformasini yaratish, o‘quv kurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish to‘g‘risida keng va atroficha ma’lumotlar berib boriladi. Shuningdek, Shenchjen shahridagi Huawei kompaniyasi va Usi texnologiyalar instituti, Pekindagi Xuetang X kompaniyasiga hamda Uxan shahridagi Xuajong ilm-fan va texnologiyalar universitetiga tashriflar rejalashtirilgan.

Seminar joriy yilning 19 iyunidan 9 iyul kuniga qadar davom etadi.

Поделиться