O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

20 iyun kuni Ozarbayjonda “Naxichevan –Islom madaniyati poytaxti”ning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi

2018-06-21 | Madaniyat

20 iyun kuni Ozarbayjon Respublikasida “Naxichevan –Islom madaniyati poytaxti”ning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan Madaniyat vazirliklarining rahbarlari ishtirok etdi. Mehmonlar dastavval Ozarbayjon Umummilliy Qaxramoni Geydar Aliyev haykali poyiga gul qo‘yishdi, so‘ngra Naxichevandagi Geydar Aliyevning muzeyiga tashrif buyurishdi.

“Naxichevan –Islom madaniyati poytaxti”ning rasmiy ochilishi Naxichevan musiqali drama teatrida davlat filarmoniyasi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimini Nixichevan avtonom Respublikasi Oliy Majlisining raisi Yusuf Talibov, ISESCO tashkilotining Bosh direktori Abdulaziz Osman Al-Tuvedjri hamda Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Abulfas Garayev tomonidan ochib berildi, so‘ng ushbu tadbirga bag‘ishlangan videofilm namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar Naxichevan shahridagi Nux payg‘ambari madrasasi, “Naxichevan qal’asi” muzey kompleksi “Naxichevan” katta biznes markazi hamda “Momina xotun” madrasalarini ziyorat qilishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda Madaniyat vaziridan Ozarbayjon Respublikasining markaziy telekanallarining muxbirlari intervyular olishdi.

Baxtiyor Sayfullayev Ozarbayjon Respublikasining xalqiga, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib hamda barchani O‘zbekiston Respublikasida joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro Maqom Anjumaniga taklif etdi.

Поделиться