O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT Bosh kotibi yoshlar vakili O`zbekistonga tashrif buyurdi
2018-06-21 | Jamiyat
1-13 iyun kunlari BMT Bosh kotibining Yoshlar vakili Jayatma Vikramanayake O`zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Yoshlar vakili “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusida bo`lib o`tgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.
Vikramanayake xonimning uch kunlik safari uchrashuvlar, suhbatlar va taassurotlarga boy bo`ldi, u Toshkent va Samarqand shaharlarida hukumat, xalqaro va jamoatchilik tashkilotlari, hamda yoshlar bilan uchrashdi.
11 iyunda o`tkazilgan anjumanda so`zga chiqib, Jayatma Vikramanayake: “Etakchi ommaviy axborot vositalari va bizning rasmiy siyosiy muassasalarimiz yoshlarni faqat zo`ravonlikning sababchilari va qurbonlari sifatida qabul qilayotgan bir paytda, ushbu tadbir singari anjumanlar yoshlarning tinchlikni barpo etish va saqlab qolishga qo`shayotgan hissasini tan olish va qanday preventiv choralar eng samarali ekanligini tahlil qilish imkoniyatini beradi”, - dedi.
Anjumandan so`ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar ishlari bo`yicha parlament komissiyasi va O`zbekiston siesiy partiyalarining yoshlar qanoti vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Kun yakunida esa Inha universitetidagi Informasion texnologiyalarni ishlab chiqarish va hayotga tadbiq etishni qo`llab quvvatlash bo`yicha Innovasiyalar markazida qizlar uchun mo`ljallangan “Technovation Challenge” dasturi qatnashchilari – bloggerlar va texnologiyalar yordamida o`z hamjamiyatlarining hayotini yaxshilashga kirishgan yoshlar bilan suhbat o`tkazildi.
O`zbekistonga safarining ikkinchi kunida Jayatma Vikramanayake Samarqand shahriga tashrif buyurdi va u erda yashovchi turli millat vakillari bilan uchrashdi, yoshlar bilan muloqotda bo`ldi.
13 iyun kuni BMT Bosh kotibining yoshlar vakili bilan O`zbekistonda ilk bor “Feysbuk” orqali o`tkazilgan jonli muloqotdavomida mamlakatga tashrifi haqidagi taassurotlari, yoshlar hayotida uchraydigan qiyinchiliklarni birgalikda engish muhimligi, har bir inson o`z amallari bilan nafaqat o`z hayotini, balki u yashaydigan jamiyat hayotini o`zgartirishi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam berishi mumkinligi haqida aytdi.
BMTning O`zbekistondagi agentliklari xodimlari va rahbarlari bilan uchrashuvda yoshlar bilan olib borilayotgan ish, turli sohalarda ularning faolligini yanada oshirish yo`llari haqida so`z yuritildi. Ayni paytda har tomonlama hamkorlik uchun imkoniyatlar ko`payib borayotgani sababli, ulardan samarali foydalanib, birgalikda ishlash zarurligi haqida ham aytildi.
Navbatdagi uchrashuv Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazida bo`lib o`tdi. Kunning avj nuqtasi esa Yoshlar press-klubida qiziqarli va interaktiv tarzda o`tkazilgan ochiq muloqot bo`ldi. Tadbirda yoshlar vakiliga uning yurtimizga tashrifi, dunyo yoshlari, Barqaror rivojlanish maqsadlari, ta'lim masalalari bilan bog`liq savollar berildi. O`z o`rnida yoshlarga ham ularning kundalik hayoti, orzu-havaslari, jamiyatdagi muhim jarayonlardagi ishtiroki borasida savollar berildi.
Safarining so`nggida yoshlarga murojaat qilar ekan, Djayatma Vikramanayake faol bo`lishni, inson, jamiyat va dunyo farovonligi uchun tashabbus ko`rsatish va buning uchun hech kimdan taklif kutmasdan harakat qilish zarurligini aytdi.