O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yurt islohotlariga monand ezgu ishlar samarasi

2018-06-21 | Jamiyat

Poytaxtimizda “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash” dasturi loyihasi natijalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi elchisi Eduards Stiprays va boshqalar O‘zbekiston va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Besh yil muddatga mo‘ljallangan ”Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi” loyihasining amaliyotga tatbiq etilishi ham bunga yaqqol misoldir. 

– Bu loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorligimiz yaxshi natija berdi, – dedi loyiha ish yurituvchisi Saida Ernazarova. – Ushbu tashkilot orqali mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalar, ularning rahbarlari va xodimlari bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldik. Loyihaga ko‘ra, bu soha xodimlarini Yevropa Ittifoqi tashkilotlarida malakasini oshirish hamda u yerdan mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quvlar tashkil etish talab etilardi. Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bizning bu boradagi sa’y-harakatlarimiz samarali bo‘ldi. Xususan, yurtimizdagi 142 ta kichik va o‘rta biznes korxona boshqaruvchilari va 18 ta biznesga ko‘maklashuvchi tashkilotning ekspertlaridan 160 nafari xorijda malaka oshirgan bo‘lsa, 1 ming 303 nafar tadbirkor uchun o‘quvlar tashkil etildi. Trenerlar o‘qitish bo‘yicha 15 nafar biznes treneri va maslahatchisiga maxsus sertifikatlar berildi. 

Loyiha natijalari shuni ko‘rsatadiki, 96 foiz korxonalar o‘zlarining ichki ish jarayonini qayta tashkil etgan. Korxonalar aylanmasi 66 foizga oshgan bo‘lsa, 61 foizi esa daromadlarini oshirishga erishgan. 

– Yurtingizda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang bo‘lgan loyiha bo‘yicha hamkorlikda ishlayotganimizdan mamnunmiz, – dedi loyiha rahbari Antonio Kastro. – Hududlardagi 6 o‘quv markazi bilan hamkorligimiz o‘z natijasini beradi, degan umiddamiz. Sohaga doir qo‘llanmalar ishlab chiqdik. Joriy yilning sentyabr oyiga qadar davom etadigan loyiha asosida tadbirkorlar yana bir bor xorijda malaka oshirishga muvaffaq bo‘ladi. 

Tadbir yakunida Yevropa Ittifoqi tashkilotlarida malaka oshirib kelgan bir guruh ishtirokchilar loyiha asosida erishgan muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berdi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться