O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri hamda Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirining uchrashuvi

2018-06-20 | Madaniyat

Joriy yilning 19 iyun kuni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Abulfas Garayev bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ikki davlatning madaniyat va san’at sohasiga oid fikrlar bilan almashildi.

Vazir o‘z navbatida O‘zbekistonda hozirgi kunda sohaga davlat rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor va uning rivojlanishi uchun yaratilayotgan zamin, madaniyat va san’at sohasidagi xodimlarning xorij respublikalarida tajriba almashishi, malaka oshirishi, teatrlarning gastrol safarlari, muzey ko‘rgazmalari tashkil etilayotganliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Abulfas Garayev O‘zbekistonda bo‘layotgan jarayonlarni kuzatib borishini aytdi.

Bu yil Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro maqom anjumaniga Baxtiyor Sayfullayev Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vazirini faxriy mehmon sifatida taklif etib, rasmiy taklifnoma taqdim etdi.

Поделиться