O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Welcome to Uzbekistan!

2018-06-20 | Ta’lim

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada ishtirokchilari yurtimizga tashrif buyurishmoqda.

Samarqand temir yo‘l vokzalida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada ishtirokchi va mehmonlarining dastlabki guruhi tantanali kutib olindi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalaridan tashrif buyurgan mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida Xalq ta’limi vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi va keng jamoatchilik ishtirokida samimiy kutib olindi.

Xalqaro olimpiada ishtirokchilari maxsus ajratilgan transportlarda “Registon-plaza” mehmonxonasiga borib joylashdilar.

Kun davomida ishtirokchilar uchun Samarqand shahrida muqaddas qadamjo va tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli tadbir jarayonlari Xalq ta’limi vazirligining sayti, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhi hamda telegramdagi kanali orqali tezkor yoritib boriladi.

Поделиться